Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya temir yo‘l sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya temir yo‘l sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya temir yo‘l sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-sentyabr kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilxomjon Abdugafarov Janubiy Koreyaning Temir yo‘l tadqiqot instituti KRRI (Korea Railroad Research Institute) va AJOU universiteti vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Jumladan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusi qadamlarni belgilab, ushbu yo‘nalishda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling