O‘zbekiston va Janubiy Koreya qo‘shma innovatsion loyihalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13-oktabr kuni ISSVda Departament direktori Alisher Mursaliev Koreyaning InnoBiz Association bosh direktorı Seung Kyu Oh rahbarligidagı delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Tomonlar innovatsiyalar, raqamlashtirish va kichik hamda o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikki davlat korxonalari o‘rtasida texnologik salohiyatni oshirish va tajriba almashishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining INNOBIZ Assotsiatsiyasi o‘rtasida qo‘shma innovatsion loyihalarni rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi Protokol imzolandi.
InnoBiz Association - Koreyaning kichik va o‘rta korxonalar innovatsion texnologiyalari uyshmasi bo‘lib, hukumat va kichik va o‘rta biznes hamda startaplar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan.
Uyushma innovatsion kompaniyalarni birlashtirib, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, eksportni rivojlantirish va biznesning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadi. INNOBIZ sertifikati korxonaning yuqori texnologik salohiyatini tasdiqlaydi hamda davlat qo‘llab-quvvatlash dasturlaridan foydalanish imkonini beradi.
Uyushma ilmiy-texnik loyihalarni, xalqaro hamkorlikni va ekologik barqaror yechimlarni ilgari suradi.