Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi sohasida “Aqlli qadoqlash” loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi sohasida “Aqlli qadoqlash” loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi sohasida “Aqlli qadoqlash” loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligida Janubiy Koreyaning “INNOBIZ Association” delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsion tajriba almashish va yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Koreyalik mehmonlar o‘z tashkilotlari faoliyati haqida ma’lumot berishdi. “INNOBIZ Association” 2002-yilda tashkil etilgan, kichik va o‘rta biznesni texnologik innovatsiyalar orqali qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat uyushma bo‘lib, bugungi kunda yuzlab kompaniyalarga eksport, raqamli yechimlar va yangi texnologiyalarni joriy etishda ko‘maklashib kelmoqda.

Uchrashuvda “Aqlli qadoqlash” (“Smart Packaging”) loyihasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, loyiha 2027–2031-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab ayrim korxonalarda ekologik toza, funksional va innovatsion qadoqlash tizimlari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Tashabbusning asosiy maqsadi — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish va raqamli texnologiyalarni agrosanoat tarmog‘iga integratsiya qilishdan iborat.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish, texnik va tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish hamda keyingi amaliy bosqichlarni belgilab olishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling