Valyuta kurslari 13/11/2025
$1 – 11972.35
UZS – -0,15%
€1 – 13852.01
UZS – -0,1%
₽1 – 147.52
UZS – -0,02%
Qidirish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ar-Riyod shahrida BMT Turizm Bosh Assambleyasi doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirining o‘rinbosari Kim De Xyon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda turizm sohasidagi hamkorlik, o‘zbek mutaxassislarni Koreyada malaka oshirish, KOICA bilan murabbiylar uchun dasturlar tashkil etish hamda Samarqand Xalqaro turizm akademiyasi va Koreya universitetlari o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida turistlar almashinuvini kengaytirish, Koreyadan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish va madaniy meros obyektlarini targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Kim De Xyon O‘zbekistonning boy madaniy an’analari va turizm salohiyatini yuqori baholab, hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling