Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish va bioenergetika loyihalari bo‘yicha kelishib oldi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish va bioenergetika loyihalari bo‘yicha kelishib oldi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish va bioenergetika loyihalari bo‘yicha kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-sentabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Korea District Heating Corporation (KDHC) delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiyaga boshqaruv raisi Chon Yon Gi rahbarlik qildi.

1985-yilda tashkil etilgan KDHC Koreya Respublikasida markazlashgan issiqlik ta’minoti, kogeneratsiya, sovutish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish sohasida eng yirik davlat kompaniyasi hisoblanadi. Bugungi kunda korporatsiya ikki milliondan ortiq xonadon va tashkilotlarni energiya bilan ta’minlab, keng ishlab chiqarish hamda hududiy tarmoqqa ega.

Muzokaralar davomida uchta ustuvor hamkorlik yo‘nalishi ko‘rib chiqildi: Zarafshon shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, Jizzax viloyatida bioenergetika majmuasini qurish hamda “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida zamonaviy yechimlarni joriy etish. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va barcha tomonlar uchun maqbul moliyalashtirish modellari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro tayyorligini bildirgan holda, loyihalarni batafsil ishlab chiqishni davom ettirishga kelishib oldilar. Ularning amalga oshirilishi zamonaviy issiqlik ta’minoti tizimini yaratish, energiya samaradorligini oshirish va O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasi o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling