Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 08/08/2025 O‘zbekiston va Janubiy Koreya geologiya va yer qa’ridan foydalanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya geologiya va yer qa’ridan foydalanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O. Nasritdinxodjayev, vazir maslahatchisi B.Normatov, vazirlik vakillari hamda Koreya geofanlar va minerallar instituti (KIGAM) delegatsiyasi o‘rtasida “O‘zbekistonda foydali qazilmalar resurslari va geologik xatarlarni boshqarish bo‘yicha integrallashgan tizimni yaratish” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda loyiha doirasidagi ikkinchi komponent - geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilishining hozirgi holatini muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar loyiha uchun pilot hududni belgilash va u bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi orqali loyihani amalga oshirishni boshlash, keyinchalik esa uni butun O‘zbekiston miqyosida bosqichma-bosqich kengaytirish haqida kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling