Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
O‘zbekiston va Jahon banki “Better Work Uzbekistan” dasturini kengaytirish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Jahon banki “Better Work Uzbekistan” dasturini kengaytirish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Jahon banki “Better Work Uzbekistan” dasturini kengaytirish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16-oktabr kuni Jahon banki guruhi va XVJning yillik uchrashuvlari doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi, Jahon banki guruhi va “Better Work” dasturi vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalqaro moliya korporatsiyasining Ishlab chiqarish, agrobiznes va o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha global direktori Vagner Albukerke de Almeyda, Jahon banki guruhining ekologik va ijtimoiy xatarlar bo‘yicha direktori Larissa Luy, “Better Work” dasturi direktori Rupa Nayr va boshqa mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivonlantirish hamda “Better Work” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Xususan, xalqaro hamkorlar ishtirokida “Better Work Uzbekistan” dasturini rivojlantirish, jumladan, “Better Work Uzbekistan” dasturining geografik va tarmoq doirasini kengaytirish, yangi korxonalarni dasturga jalb etish, hamda soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar yengil sanoat, xususan to‘qimachilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar “Better Work Uzbekistan” dasturi doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro tajriba almashuvini kengaytirish va uzluksiz muloqot mexanizmini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling