Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ispaniya poytaxti Madridda O‘zbekiston–Ispaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning ishbilarmon doiralari va davlat idoralari vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonning investitsiyaviy va eksport salohiyati keng taqdim etildi.

Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari vakillari va 110 nafardan ortiq tadbirkorlar bir joyga jamlagan forumda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari ham ishtirok etib, agrosanoat sohasidagi investitsiyaviy imkoniyatlar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borishdi.

Ispan kompaniyalari tomonidan qator qo‘shma loyihalar tashabbusi ham ilgari surildi. Jumladan, “Almar Water Solutions” kompaniyasi Samarqand viloyatida suvni tozalash majmuasini barpo etish loyihasini taqdim etgan bo‘lsa, “New Greenhouses Projects” kompaniyasi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yuqori texnologiyali issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Tadbir yakunida to‘rtta hamkorlik hujjati imzolandi hamda Ispaniyaga mamlakatimizdan quruq mevalar, dukkakli ekinlar, yong‘oq va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomasi tuzildi.

Shuningdek, Grupo Europeo de Exclusivas de Publicidad, S.A. (GEDEPSA) kompaniyasi bilan mamlakatimizda zaytun yetishtirish va qayta ishlash investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi, shuningdek WNL ENGE SL kompaniyasi bilan issiqxonachilikda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling