Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 27/01/2025 O‘zbekiston va Ispaniya hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda

O‘zbekiston va Ispaniya hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Madrid shahriga tashrif doirasida Ispaniya senatori Antonio Luyengo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Ispaniya ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo muloqot va ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari e’tirof etildi. O‘zbekiston rahbariyati Yevropa kompaniyalari uchun investitsiyaviy muhitni yaxshilashga katta ahamiyat berayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Ispaniya o‘zaro munosabatlarining barcha sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligi qayd etildi. Jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiya masalalari bilan birga, atrof muhitni muhofaza qilish, suv tanqisligini bartaraf etish, qishloq xo‘jaligiga suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash kabi sohalarda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Ayniqsa, bu boradagi ishlarni yana-da faollashtirish, aloqalarni mustahkamlashda parlament diplomatiyasi muhim o‘rin tutishi hamda undan foydalanish ikki tomonlama munosabatlarga o‘zining ijobiy hissasini qo‘shishi aytib o‘tildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling