Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
O‘zbekiston va Iordaniyaparlamentlaringing yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston va Iordaniyaparlamentlaringing yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston va Iordaniyaparlamentlaringing yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 4-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi parlamenti Majlis al-Aʼyan (Senati) Raisi Faysal Akif al-Fayez boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat choig‘ida O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida o‘zaro  o‘zaro manfaatli munosabatlarni, xususan, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, ikki mamlakat xalqlarini mushtarak tarix, madaniy aloqalar va umumiy qadriyatlar bog‘lab turadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik tobora kengayib bormoqda.

2025-yilda Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab bergani alohida taʼkidlandi. Ushbu tashrif doirasida imzolangan hujjatlar va qabul qilingan “yo‘l xaritasi” izchil tadbiq etilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, Majlis al-Aʼyan Raisi Faysal Akif al-Fayez O‘zbekiston yuzlab falastinliklarga boshpana bergani, ularga ko‘rsatayotgan ijtimoiy himoya va insonparvarlik yordamini yuksak baholab, Yaqin Sharq mamlakatlari nomidan samimiy tashakkur bildirdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirish, hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ishbilarmonlar kengashini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Ikki davlatning mavjud imkoniyatlaridan foydalangan holda iqtisodiy loyihalarni kengaytirish hamda qulay investitsiya muhitini yaratish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar, taʼlim, turizm va diniy-maʼrifiy yo‘nalishlarda, shuningdek farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi hamda konchilik sohalarida hamkorlikni yanada faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qonun ijodkorligi faoliyati va parlament nazorati yuzasidan o‘zaro tajriba almashish masalalariga urg‘u berildi.

Undan tashqari,  joriy yilning yanvar oyida Oliy Majlis Senatida Iordaniya parlamenti yuqori palatasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh tashkil etilgani qayd etilib, uning faoliyati doirasida parlament qo‘mitlari o‘rtasida ham muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi taʼkidlandi.

Muzokaralar  yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Majlis al-Aʼyan o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat parlamentlari  yuqori palatalari o‘rtasida tizimli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi parlamenti Majlis al-Aʼyan Raisi Faysal Akif al-Fayez Oliy Majlis Senatining Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling