Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston va Iordaniya qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Iordaniya qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Iordaniya qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuxurov boshchiligidagi delegatsiya Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida bo‘lib turibdi.

Safar doirasida Iordaniya Qishloq xo‘jaligi vaziri Abdulhalim Saeb bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilinib, qator kelishuvlarga erishildi.

Muhokamalarda tomonlar sho‘rga va suv tanqisligiga chidamli pomidor, bug‘doy va arpa navlarini O‘zbekistonda mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bu borada O‘zbekistondagi sinov dalalarida tajribalar o‘tkazilib, olingan natijalardan kelib chiqib yangi agrotexnologiyalarni tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuvda chorvachilikni rivojlantirish, xususan, “Avassi” zotli qo‘ylarni mamlakatimizda mahalliylashtirish masalasi ham muhokama qilindi. Iordaniya tomoni O‘zbekistonga dastlab to‘rt bosh qo‘y hadya tariqasida taqdim etishini, shuningdek, muzlatilgan urug‘ materiallarini ham yuborishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik resurslarini almashish va genetik banklar hamkorligini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishildi. Shu o‘rinda O‘zbekistonning o‘simliklar genetik resurslari bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shilish masalasi ham ko‘tarildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish zarurligini ta’kidlab, “Made in Uzbekistan” brendi ostida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasini tashkil etishga kelishib oldilar. Mazkur tadbir Iordaniyaning yirik importyor kompaniyalari, tadbirkorlari va investorlarini jalb etib, o‘zaro savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling