O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun ma’qullandi
O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun ma’qullandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Hukumati o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Bitimni (Samarqand, 2025-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Mazkur Bitim qoidalariga muvofiq tomonlar jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida ushlab berish masalalarida o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatda ushlab berish uchun asos bo‘ladigan jinoyatlar doirasi, rad etish asoslari, markaziy vakolatli organlar, dastlabki qamoqqa olish hamda ushlab berilgan shaxslarga nisbatan maxsus qoidalar aniq belgilab qo‘yilgan.
Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligini mustahkamlaydi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.