O‘zbekiston va Iordaniya iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish maqsadida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tashkil etmoqda
O‘zbekiston va Iordaniya iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish maqsadida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tashkil etmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Makka shahrida Islom savdo va taraqqiyot palatasi (ICCD) Bosh assambleyasining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov boshchiligida faol aʼzo sifatida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tashkilot faoliyatiga oid bir qator masalalar ko‘rib chiqilib, muhim qarorlar qabul qilindi. Xususan, Abdulloh Soleh Kamel ICCD prezidenti lavozimiga navbatdagi muddatga qayta saylandi.
Shuningdek, aʼzo davlatlar palatalari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar asosida Direktorlar kengashi tarkibini shakllantirish masalasi muhokama qilindi.
Moliyaviy kun tartibi doirasida 2024 yil moliyaviy hisobotlari hamda 2026 yil byudjeti maʼqullandi.
Bundan tashqari, 2026 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro biznes-forumlar va iqtisodiy tadbirlar taqvimi taqdim etildi.
Yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar Islom dunyosidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, investitsiyalar hajmini oshirish va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi taʼkidlandi.