Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston 22/06/2025 O‘zbekiston va Iordaniya ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Iordaniya ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar vaziri Ayman Safadi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarining bugungi holatini atroflicha muhokama qildilar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Siyosiy muloqotni kengaytirish, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi faol hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

– Biz xalqaro maydonda hamkorlikni mustahkamlab, umumiy mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlaymiz, – dedi Baxtiyor Saidov.

TIV rahbari O‘zbekiston Iordaniya bilan o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlarga katta e’tibor qaratishini ta’kidlab, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari yanada chuqurlashishiga ishonch bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling