Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida parlamentlararo muloqot rivojlanmoqda

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida parlamentlararo muloqot rivojlanmoqda

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida parlamentlararo muloqot rivojlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-mart kuni “O‘zbekiston – Indoneziya” va “Indoneziya – O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlari aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi o‘tkazildi.

Mulovot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi paralamentlararo munosabatlarni mustahkamlash, iqtisodiy aloqlarni kengaytirish, investitsiya va eksport sohalarida hamkorlikni faollashtirish hamda yuqori darajadagi tashriflarni tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Indoneziya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi izchil kengayib borayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, o‘zaro tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlashda parlamentlarning o‘rni muhim ekani alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling