Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
O‘zbekiston va IHT o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma korxonalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi

O‘zbekiston va IHT o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma korxonalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi

O‘zbekiston va IHT o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma korxonalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux Gulamov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Asad Husayn Xon bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar yarim milliard aholiga ega va jahon energetika resurslarining uchdan bir qismini qamrab olgan eng yirik tashkilotlardan biri sifatida IHT doirasidagi faol hamkorlikning muhimligini ta’kidladilar. Tashkilot savdo-iqtisodiy, transport, sanoat va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekani qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmining barqaror o‘sishiga alohida e’tibor qaratildi: so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonning IHT mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 47% oshib, o‘tgan yilda 12,2 mlrd dollarga yetdi. Joriy yil boshidan buyon IHT davlatlari kapitali ishtirokida 700 dan ortiq korxona tashkil etilib, ularning umumiy soni 5 mingdan oshdi.

Tomonlar IHT Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha vazirlarining Istanbulda bo‘lib o‘tadigan 5-yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar. O‘zbekistonning Savdo, investitsiya va innovatsiyalar markazini tashkil etish tashabbusi hamda IHT doirasida Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risidagi Bitimni ilgari surish muhimligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlashga tayyorlik tasdiqlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling