Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
O'zbekiston va IFPRI qishloq xo'jaligi siyosati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

O'zbekiston va IFPRI qishloq xo'jaligi siyosati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

O'zbekiston va IFPRI qishloq xo'jaligi siyosati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro oziq-ovqat siyosat tadqiqot instituti (IFPRI) Bosh direktori Suresh Babu bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda boshlangan muloqotda oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi siyosati yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, agrar bozorlar tahlili bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligi siyosatiga oid seminar va treninglar tashkil etish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar agrar sohadagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va xalqaro tajriba almashinuvini kuchaytirish agrar soha rivojida muhim omil ekanini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling