Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
Iqtisod 26/07/2025 O‘zbekiston va ICGEB biotexnologik loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va ICGEB biotexnologik loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Xalqaro genetika va biotexnologiya markazi (ICGEB) rahbariyati o‘rtasida video-konferens aloqa orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda biotexnologiya yo‘nalishini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, ICGEBning tadqiqot faoliyati, aʼzolik tizimi, ilmiy loyihalarga grant ajratish dasturlari, stipendiya va malaka oshirish kurslari to‘g‘risida maʼlumotlar taqdim etildi.

Agentlik direktori ICGEB bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston tadqiqotchilarining xalqaro biotexnologiya loyihalarida ishtirokini rag‘batlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish va kadrlar tayyorlash yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ICGEB aʼzoligi va dasturlarida O‘zbekiston ishtirokini taʼminlash, birgalikda loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borishiga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling