O‘zbekiston va ICCROM madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha memorandum imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parijda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimovning ICCROM markazi bosh direktori Aruna Francheska Mariya Gujral bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
ICCROM va O‘zbekiston Madaniy meros agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumining imzolanishi muzokaralarning asosiy natijasi bo‘ldi.
Ushbu hujjat to‘rtta strategik yo‘nalish: jahon merosi obyektlarini barqaror boshqarish, me’moriy merosni konservatsiya qilish amaliyotlarini modernizatsiya qilish, muzeylar ishi va ilmiy savodxonlikni rivojlantirish hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan, nomoddiy merosni mustahkamlash masalalarini qamrab oladi.