Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 14/06/2025 O‘zbekiston va Hisarciklioglu Group energiya samaradorligi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Hisarciklioglu Group energiya samaradorligi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 13-iyun kuni “Hisarciklioglu Group” kompaniyasi boshqaruv kengashi aʼzosi – Emin Xisarchiklioglu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish”, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari Bobur Egamov hamda Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori Ziyoviddin Badriddinov hamda bir qator masʼullar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida turk tomoniga energiya samaradorligi boʻyicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur sohaga xususiy kompaniyalarni jalb qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar hamda Oʻzbekistonning ushbu yoʻnalishdagi vazifa va maqsadlari boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” (CEBU) loyihasi doirasida ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish loyihalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Oʻz navbatida, Emin Xisarchiklioglu bilan Oʻzbekistonda energiya samaradorligi va tejamkorligi yoʻnalishiga, xususan, Turkiyadagi tajribali ESKO kompaniyalarini jalb qilish, energiya va karbon auditi boʻyicha yangi uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

Mazkur loyiha yuzasidan Hisarciklioglu Group” kompaniyasi vakillari tomonidan soʻrovlar oʻtkazilishi va hamkorlik qilish boʻyicha yangi kompaniyalar aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston tomoniga maʼlum qilinishi aytib oʻtildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling