Valyuta kurslari 07/10/2025
$1 – 12022.90
UZS – -0,31%
€1 – 14025.92
UZS – -0,92%
₽1 – 144.75
UZS – -1,51%
Qidirish
O‘zbekiston va Hindiston farmatsevtika va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Hindiston farmatsevtika va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Hindiston farmatsevtika va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 6 oktyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant xonim bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Avvalo, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Hindiston kompaniyalarini turli tarmoqlarda faoliyat yuritishga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi hamda xorijiy investorlar uchun mamlakatimizda yaratilgan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida maʼlumot berildi. Xususan, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadigan xorijiy kompaniyalarga taqdim etiladigan soliq va bojxona yengilliklari, shuningdek yer va infratuzilma bilan taʼminlash imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirildi.

Uchrashuvda taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama etildi. Ikki mamlakat o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma taʼlim dasturlarini tashkil etish hamda yosh mutaxassislar uchun grant va stipendiyalar ajratish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Ilmiy salohiyatni oshirish, taʼlim jarayonlarini hamohanglashtirish va tajriba almashishning muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Anʼanaviy tibbiyot va dorivor o‘simliklar yo‘nalishi ham uchrashuvning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Hindiston va O‘zbekiston ushbu sohada boy tajribaga ega davlatlar sifatida, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston hududida ayrim turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ishlariga Hindiston kompaniyalarini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, uzoq muddatli istiqbolda ikki davlat uchun quyidagi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega: biotexnologiya, ilmiy-tadqiqot va texnologiyalar transferi. Mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlik nafaqat ikki mamlakat iqtisodiyoti, balki butun mintaqadagi innovatsion rivojlanish jarayonlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling