Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
Iqtisod 24/07/2025 O‘zbekiston va Gruziya transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Gruziya transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 23-iyul kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili xonim bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar avtomobil va temir yo‘l tashuvlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Gruziya dengiz portlaridan foydalangan holda xalqaro multimodal transport yo‘laklarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

Shuningdek, I.Maxkamov "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi loyihasining ahamiyati va kelgusida mazkur temir yo‘lning xalqaro transport yo‘laklari tizimiga, jumladan, O‘rta yo‘lakka integratsiyalashuvini inobatga olib, gruzin tomoniga ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

Ikki mamlakatning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish maqsadida vazirlar O‘zbekiston va Gruziyaning sayyohlik shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish yuzasidan fikr almashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling