Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
O‘zbekiston 13/06/2025 O‘zbekiston va Gruziya TIV vakillari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Gruziya TIV vakillari uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 11 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov hamda IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Xvtisiashvili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uning istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Siyosiy aloqalar, parlamentlararo muloqot, savdo-iqtisodiy munosabatlar, transport va logistika hamda madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi ijobiy dinamikaga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, 2025 yil mart oyida Gruziya Bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga urg‘u berildi.

Tomonlar siyosiy muloqotni davom ettirish va tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish maqsadida yangi tashabbuslarni ilgari surishga qatʼiy tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling