Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
O‘zbekiston va Gruziya siyosat, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Gruziya siyosat, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Gruziya siyosat, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 13-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Gruziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Xvtisiashvili boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston - Gruziya munosabatlarining keng ko‘lamli kun tartibi yuzasidan atroflicha fikr almashildi, oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi, yaqin istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Tomonlar savdo hajmini oshirish, logistika, transport, qishloq xo‘jaligi, turizm va ta’lim kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga kelishib oldilar.

Ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling