Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 15/08/2025 O‘zbekiston va GGGI “Yashil iqtisodiyot” loyihalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va GGGI “Yashil iqtisodiyot” loyihalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 14-avgust kuni Global Green Growth Institute (GGGI) vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Global Green Growth Institute (GGGI) — 2012-yilda BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan xalqaro tashkilot maqomiga ega bo‘lgan, bosh ofisi Seul shahrida joylashgan xalqaro hamkorlik instituti. Tashkilotning asosiy maqsadi — a’zo davlatlarda yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish va kam uglerodli o‘sishga ko‘maklashish hisoblanadi. GGGI 40 dan ortiq a’zo davlat va hamkor mamlakatlarda faoliyat yuritadi.

Muloqot davomida tomonlar GGGI hamkorlikda amalga oshirilayotgan “yashil moliya” loyihalarining bugungi kundagi holati, erishilgan natijalar hamda kelgusida hamkorlik istiqbollari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma tashabbuslar doirasida yangi loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, samarali hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistonda barqaror rivojlanish hamda yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda belgilangan maqsadlarga yetishda samarali va tizimli faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling