Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
O‘zbekiston va Germaniya yashil iqtisodiyot va mintaqaviy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Germaniya yashil iqtisodiyot va mintaqaviy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Germaniya yashil iqtisodiyot va mintaqaviy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida Germaniya Federativ Respublikasining Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi Sharqiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha vakolatli vakil, veterinariya fanlari doktori Karolina Probst xonim boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda vazir maslahatchisi Jasur Karshibayev ishtirok etdi.

Muloqot davomida Germaniya taraqqiyot banki (KfW) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan master rejalarni amaliyotga joriy etish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, KfW va GIZ bilan birgalikda energiya samaradorligini oshirish, yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda master rejalarga muvofiq pilot loyihalarni amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va dolzarb yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling