O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, ular jadal va barqaror rivojlanib borayotganini qayd etdilar.
Shuningdek, vazirlar bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvalini kelishib oldilar hamda siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.
Saidov O‘zbekiston Germaniya bilan konstruktiv hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori ekanligini va barcha muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni faol rivojlantirish niyatini tasdiqladi.