O‘zbekiston va Germaniya siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishni maqsad qilgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Germaniyaning Elchisi Manfred Huterer bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro munosabatlarni ikki va ko‘p tomonlama yo‘nalishda yanada mustahkamlash, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish orqali xomashyoni chuqur qayta ishlash, hamda mamlakat hududlarida barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.