Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston 16/02/2025 O‘zbekiston va Germaniya migratsiya va bandlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Germaniya migratsiya va bandlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bu haqda Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev hamda Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xuterer o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytildi.

Janob Manfred Xuterer o‘tgan yili Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kanslerining O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan “Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitim tashrifning muhim hujjati bo‘lganini taʼkidladi.

Mavjud kelishuvlarni hayotga tadbiq etish doirasida Germaniya Federal hukumatining Migratsiya kelishuvlari bo‘yicha maxsus vakili Dr.Yoaxim Shtamp boshchiligidagi ishchi guruhning O‘zbekistonga tashrifi ham kutilayotgani qayd etildi.

Xo‘sh, Migratsiya agentligi Germaniya bilan qanday loyihalar ustida ishlamoqda?

Bugungi kunda Germaniyaning 25 ta ish beruvchi hamda rekruting agentliklari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. O‘zbekiston hududida qo‘shma o‘quv dasturlari asosida nemis tilini o‘rgangan hamshiralar Germaniya klinikalarida faoliyatini boshladi va yana 800 nafarga yaqini nemis tilini o‘rganmoqda.

Nemis tilini A2-B1 darajada biladigan haydovchilarni Germaniyaning “SBH West” hamda “SEIT for tomorrow” tashkilotlari bilan hamkorlikda Germaniyaga yuborish oldidan nemis tilini o‘qitish va qayta tayyorlov dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

Janob Manfred Xuterer ushbu loyihalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, Germaniya tomoni noqonuniy, nolegal migratsiyaga qarshi ekani, ammo, qonuniy, shartnoma asosida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling