Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 20/02/2025 O‘zbekiston va Fransiya tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Fransiya tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari, O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, kutilayotgan tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar O‘zbekiston va Fransiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanayotganini alohida taʼkidladilar.

Baxtiyor Saidov taʼkidlashicha, O‘zbekiston va Fransiya xalqlarini boy tarixiy meros birlashtirib turadi, ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan taraqqiyot hayratga soladi va kelajak yana-da umidbaxsh ko‘rinishga ega.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling