O‘zbekiston va Fransiya qo‘shma sayyohlik loyihalari bo‘yicha kelishib oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parijda boʻlib oʻtayotgan Yevropaning eng yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan “IFTM Top Resa”da ishtiroki doirasida Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Fransiya va Yevropaning turizm sohasidagi yirik kompaniyalari vakillari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini oshirish istiqbollari, mamlakatga ko‘proq sayyohlarni jalb etish, sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish hamda O‘zbekistonning madaniy va tarixiy diqqatga sazovor joylari haqidagi ma’lumotlarning ommabopligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida O‘zbekistonning taniqligini oshirishga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, birgalikda keng qamrovli marketing kampaniyalarini o‘tkazish hamda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etishga ko‘maklashadigan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.