O‘zbekiston va Fransiya onkologiya tibbiyotini rivojlantirishda saʼy-harakatlarni birlashtiradi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
O‘zbekiston va Fransiya onkologiya tibbiyotini rivojlantirishda saʼy-harakatlarni birlashtiradi

O‘zbekiston va Fransiya onkologiya tibbiyotini rivojlantirishda saʼy-harakatlarni birlashtiradi

O‘zbekiston va Fransiya onkologiya tibbiyotini rivojlantirishda saʼy-harakatlarni birlashtiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fransiyaning Gustav Russi instituti va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Onkologik kasalliklarni davolashga ixtisoslashtirilgan ushbu klinika o‘z yo‘nalishida Yevropada yetakchi bo‘lib, dunyodagi eng yaxshi tibbiy muassasalar o‘ntaligiga kiradi.

Gustav Russi instituti ko‘krak bezi saratoni, bosh miya o‘simtasi, prostata bezi saratoni va onkogematologiya, shuningdek, bolalar onkologiyasiga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, turli xil og‘irlikdagi kasalliklarga chalingan kichik yoshdagi bemorlarning 80 foizdan ortig‘i bu yerda davolanganidan keyin sog‘ayib ketishmoqda.

Endilikda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ushbu muassasa bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib, o‘zaro tajriba va kadrlar almashinuvini amalga oshiradi.

Markaz negizida “Gustave Roussy International” brendi ostida ilg‘or onkologiya muassasasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimizda bemorlarni innovatsion usullardan foydalangan holda tashxislash va davolash, shuningdek, jahon darajasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot tuzilmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Hujjatga Gustav Russi institutining Xalqaro aloqalar departamenti direktori Remi Tiole va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag‘olib Tillashayxov imzo chekdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling