Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida oziq-ovqat sanoatida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida oziq-ovqat sanoatida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida oziq-ovqat sanoatida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Finlyandiyaning mashhur “Valio” kompaniyasi Ijroiya vitse-prezidenti Marianna Tammela bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va texnologik hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, xususan, oziq-ovqat sanoatida zamonaviy ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

“Valio” kompaniyasi 1905-yilda tashkil topgan bo‘lib, bugun Finlyandiyaning eng yirik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi sifatida tanilgan. Kompaniya yillik 2,3 milliard yevrolik aylanmaga ega bo‘lib, sut mahsulotlari hamda o‘simlik asosidagi oziq-ovqat turlarini ishlab chiqaradi va 50 dan ortiq mamlakatga eksport qiladi.

Uchrashuvda kompaniya tajribasini O'zbekistonda joriy etish, savdo hajmini oshirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling