O‘zbekiston va Finlyandiya innovatsiyalar va sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Finlyandiya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Finlyandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sanoat innovatsiyalari, konchilik, metallurgiya hamda barqaror iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlarida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan "O‘zbekiston – Finlyandiya" biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari, shuningdek, ishbilarmon doiralar ishtirok etdi.
Forum doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Finlyandiyaning “Lojer Group” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum sog‘liqni saqlash sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish va servis xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.