O‘zbekiston va FIFA 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va FIFA 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hamda FIFA delegatsiyasi ishtirokida 2027-yilda Ozarbayjon va O‘zbekistonda o‘tkaziladigan U-20 Jahon chempionatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda FIFA vakillari O‘zbekistonni mazkur nufuzli turnir mezboni sifatida tabriklab, mamlakatimizda futbol jadal rivojlanayotganini hamda FIFA bilan hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.
Tomonlar musobaqani yuqori saviyada tashkil etish masalalarini muhokama qildi. Tashkiliy va funksional yo‘nalishlar bo‘yicha dastlabki rejalar ko‘rib chiqildi hamda ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida hamkorlik mexanizmlari belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazish yo‘lida yaqin hamkorlik davom ettirilishi qayd etildi.