Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
O'zbekiston va FAO yashil texnologiyalar va qishloq xo'jaligi sektorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va FAO yashil texnologiyalar va qishloq xo'jaligi sektorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va FAO yashil texnologiyalar va qishloq xo'jaligi sektorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5-dekabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) katta iqtisodchisi Dmitro Prixodko bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot FAO bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini barqaror rivojlantirish masalalariga bagʻishlandi.

Uchrashuvda respublikadagi paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy etish, sohani barqaror rivojlantirish boʻyicha strategik yondashuvlar hamda uning Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uygʻunlashuvi muhokama qilindi.

Shuningdek, FAO bilan Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan “Agrokonnekt” dasturi doirasida hamkorlik qilish, Oʻzbekistonda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan, meva-sabzavotlar boʻyicha milliy brendni yaratish yuzasidan hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, FAO yordamida Italiyaning qishloq xoʻjaligini rivojlantirish yoʻnalishidagi dasturlarida ishtirok etish masalasi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma tashabbuslarni davom ettirish va kelgusi loyihalarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Tomonlar oʻzaro muloqotni mustahkamlash har ikki tomon uchun dolzarb vazifalar yechimiga xizmat qilishini qayd etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling