O‘zbekiston va Estoniya transport sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaap Ora bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Xususan, Estoniya portlari va omborxonalari infratuzilmasidan foydalangan holda yuk tashish hajmini oshirish hamda raqamli transport xizmatlarini rivojlantirish borasida tajriba almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida Ilhom Mahkamov Estoniyada Road Show tashkil qilish va shuningdek, joriy yilda rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar doirasida O‘zbekistonda biznes vakillari ishtirokida forum o‘tkazish taklifini bildirdi.