Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston va Eron qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Eron qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Eron qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud aloqalarni yangi va istiqbolli loyihalar bilan boyitish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda dronlar yetkazib berish, ko‘chatchilik, chorvachilik, urug‘chilik, baliqchilik va naslchilik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, Eron tajribasini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish hamda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.

Shuningdek, soha vakillari o‘rtasida tajriba almashish, o‘quv va amaliy dasturlarni tashkil etish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish masalalari ham batafsil muhokama qilindi.

Vazir Eronning agrar tajribasi O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, hamkorlik aloqalarini kengaytirishga O‘zbekiston doimo tayyor ekanini bildirdi.

Ayniqsa, baliqchilik sohasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani qayd etildi. Bu borada qo‘shma loyihalarni kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, chorvachilik yo‘nalishida Eronning yetkazib berish bo‘yicha tajribasi alohida e’tirof etildi. Bu yo‘nalishda ilmiy-amaliy tajribalarni o‘zlashtirish, o‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhim deb topildi.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, mahsulotlarni qadoqlash, zaytun yetishtirish va uni qayta ishlash, shuningdek dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va qayta ishlash yo‘nalishlarida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning belgilangan yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish, amaliy ishlarni jadallashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling