Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 04/04/2025 O‘zbekiston va Eron parlamentlararo hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Eron parlamentlararo hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 3-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Eron Islomiy Kengashi Majlisi Raisining birinchi o‘rinbosari Hamidriza Xojiboboiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni izchil rivojlantirish muhimligini taʼkidladi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi olti yilda 1,7 baravarga o‘sib, 2024-yilda 497 mln dollarga yetgani, O‘zbekistonda eronlik investorlar ishtirokida 261 ta korxona faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Parlamentlar o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatish va qonunchilik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling