Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va Eron muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.