Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
O‘zbekiston va DataVolt IT Parkda “yashil” data-markaz qurish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va DataVolt IT Parkda “yashil” data-markaz qurish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va DataVolt IT Parkda “yashil” data-markaz qurish masalasini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov DataVolt kompaniyasi Katta Vitse Prezidenti-Rivojlantirish bo'yicha direktori oʻrinbosari Anil Vijayachandran bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda DataVolt kompaniya tomonidan IT Park Uzbekistan hududida amalga oshirilayotgan “yashil” ma’lumotlar markazi loyihasining joriy holati hamda loyihaning keyingi bosqichlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda qonunchilik va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlikni ta’minlash, sohaga xorijiy tajriba va investorlarni jalb etish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Bu esa mamlakatda raqamli iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonda “yashil energiya” sertifikatlari (I-REC) bo‘yicha amaliyotni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida barqaror energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish va yangi mexanizmlarni joriy etish masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Uchrashuv yakunida, DataVolt kompaniyasi vakillari joriy yil 23-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan 2025 doirasida faol qatnashishi hamda “yashil” ma’lumotlar markazlari mavzusida alohida panel sessiya tashkil etishini ma’lum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling