Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
O'zbekiston va Cove Capital qo'shma loyihalarni muhokama qilishdi

O'zbekiston va Cove Capital qo'shma loyihalarni muhokama qilishdi

O'zbekiston va Cove Capital qo'shma loyihalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Cove Capital kompaniyasining texnik direktori Dominik Xiton boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Tadbirda “Cove Capital” kompaniyasi faoliyati, uning asosiy yoʻnalishlari hamda xalqaro tajribasi haqida qisqacha axborot berildi. Joriy yil sentabr oyida oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar oʻz natijasini berayotgani taʼkidlandi. 

Har ikki tomon vakillari hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va kelgusidagi aloqalarni mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling