O‘zbekiston va CLAAS qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 14-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Akram Aliev “CLAAS” kompaniyasining Sharqiy Yevropa bo‘yicha vitse-prezidenti Mixail Bayer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek UzCLAAS Agro kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi, texnik muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va mahalliylashtirish chora-tadbirlarini muhokama qildi. Shuningdek, agro-mashinasozlik sohasida hamkorlik istiqbollari va 2026-yil uchun rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmlariga alohida e’tibor qaratildi.
Erishilgan kelishuvlar Oʻzbekistonning sanoat salohiyatini mustahkamlash, texnologik imkoniyatlarini kengaytirish hamda qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishda jahon yetakchilaridan biri bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.