O‘zbekiston va China Energy o‘rtasida yashil energiya bo‘yicha uchta yangi shartnoma imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-iyul kuni “Wind and Solarshine for electricity distribution panels manufacturing” MCHJ va “China Energy International Group” o‘rtasida “yashil” energetikani rivojlantirish va mamlakat energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan uchta shartnoma imzolandi.
Xususan:
1. Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha konsultatsiya ko‘rsatish bitimi.
Ma’lumot uchun: Loyiha mintaqadagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, yuz minglab xonadonlarni toza energiya bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
2. Toshkent shahrida 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi loyihasi bo‘yicha konsultatsiya ko‘rsatish bitimi.
3. Qurilish ishlarini bajarish uchun EPC shartnomasi.
Ushbu loyihalar O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha milliy dasturining bir qismi bo‘lib hisoblanadi.