Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 14/06/2025 O‘zbekiston va Chalık Holding energetika va tog‘-kon sanoati sohasidagi loyihalarni kengaytirishni maqsad qilgan

O‘zbekiston va Chalık Holding energetika va tog‘-kon sanoati sohasidagi loyihalarni kengaytirishni maqsad qilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11-iyun kuni Turkiyaning “Çalık Holding” kompaniyasi boshqaruv raisi Ahmet Çalık hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Çalık Holding” kompaniyasi boshqaruv raisi maslahatchisi va direktorlar kengashi a’zosi Hakki Akil, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Xurshed Mustafayev va Ilhomjon Umrzakov hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Çalık Holding — Turkiyada joylashgan xususiy yirik konglomerat bo‘lib, 1981-yilda Ahmet Çalık tomonidan asos solingan. 1997-yildan boshlab avtomatik holda jamiyat brendiga aylangan. Hozirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyatlari 34 mamlakatni qamrab oladi va besh asosiy sektor: energetika, qurilish, qazib chiqarish, to‘qimachilik va moliya sohalarida faoliyat yuritadi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, xususan, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Xususan, muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

elektr energiyasini yetkazib berish tizimini takomillashtirish, hududlarda sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud infratuzilmani yangilash hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish borasidagi imkoniyatlar;

tog‘-kon va geologiya yo‘nalishidagi zamonaviy loyihalarni shakllantirish, texnologik yechimlarni joriy etish.

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar kompaniyaning ushbu sohalardagi tajribasi, xususan, xususiylashtirish, energetika sohasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalari yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda yuqoridagi sohalar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling