Valyuta kurslari 27/08/2025
$1 – 12354.65
UZS – 0,4%
€1 – 14384.52
UZS – -0,03%
₽1 – 153.93
UZS – 0,9%
Qidirish
Iqtisod 27/08/2025 O‘zbekiston va CalCity sanoat parki o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va CalCity sanoat parki o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev va CalCity Industrial Park kompaniyasi direktori S. Kyurkchu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida kompaniya mamlakatimizda tolali ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash, sellyuloza, olovbardosh bloklar hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga oid loyihalarini taqdim etdi. Shuningdek, paxta va don somonini qayta ishlash orqali sellyuloza olish loyihasi alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tomonlar mazkur tashabbuslarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini yuqori baholab, loyihalarni jadallashtirilgan tarzda amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rganish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling