Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buyuk Britaniyaning London shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov bilan birgalikda Britaniyaning “Gangmasters and Labour Abuse Authority” (GLAA - Mehnatni suiisteʼmol qilishga qarshi kurashish tashkiloti) bosh direktori Eliza Makeffri xonim bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

GLAA - Buyuk Britaniyaning davlat nazorat organi hisoblanib, u qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi xususiy bandlik va rekruting agentliklariga litsenziya beruvchi va ularni faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilot.

Uchrashuv natijasida, Migratsiya agentligi va GLAA o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning bir qator rekruting kompaniyalarini jalb qilgan holda, mamlakatimizga beriladigan mehnat kvotalarini ko‘paytirish hamda u yerda mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz huquqlarini himoya qilish imkoniyati kengayadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling