Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma treninglar o‘tkazishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma treninglar o‘tkazishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma treninglar o‘tkazishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi London shahrida Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi direktori o'rinbosarlari L. Jessop va R. Kempson, shuningdek, "IP Federation" va "Mitsubishi Heavy Industries Group" tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda Biznes va savdo vazirligi vakillari Jahon savdo tashkilotining muhim shartnomalaridan biri bo'lgan Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo‘yicha bitim (TRIPS) asosiy talablariga O'zbekiston milliy qonunchiligini uyg'unlashtirish ishlari to'liq yakunlanganligini yuqori baholadi.

Shu o'rinda tomonlar yangi joriy etilgan mexanizmlarni samarali amalga oshirishda mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, ushbu yo'nalishda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, shuningdek, kontrafakt mahsulotlarni xatlash, musodara qilish, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash bo'yicha qo'shma seminar-treninglar tashkil etishga kelishib olindi.

Shuningdek, delegatsiya a'zolari tomonidan "IP Federation" tashkiloti faoliyati bilan tanishilib, zamonaviy intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish amaliyoti o'rganildi va "Mitsubishi Heavy Industries Group"ning intellektual mulk huquqlarini O'zbekistonda himoya qilish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling