Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston va Broad Street Capital Group kompaniyasi AQShda qo‘shma sanoat loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Broad Street Capital Group kompaniyasi AQShda qo‘shma sanoat loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Broad Street Capital Group kompaniyasi AQShda qo‘shma sanoat loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQShda xizmat safari bilan bo‘lib turgan "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Broad Street Capital Group kompaniyasi boshqaruvchi direktori Aleksandr M. Gordin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston sanoat korxonalari va Broad Street Capital Group o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Jumladan, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, eksport bozorlariga chiqishni rag‘batlantirish, shuningdek, ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish istiqbollari alohida qayd etildi.

Broad Street Capital Group — xalqaro bozorlarda kichik va o‘rta biznes hamda davlat tashkilotlariga investitsiya, moliyalashtirish va grantlar orqali ko‘maklashuvchi kompaniya.

Aleksandr M. Gordin o‘z navbatida, Broad Street Capital Group kompaniyasi O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va investitsion muhitni yuqori baholashini ta’kidladi hamda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling