O‘zbekiston va BMTning Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi agrar sohada hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 18 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova BMTning Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (IFAD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Laura Mattioli bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning joriy holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilib, qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb qilish va IFAD tomonidan moliyaviy-texnikaviy ko‘mak hajmini oshirish masalalariga eʼtibor qaratdilar.
Ikki tomon ham sheriklikni yana-da chuqurlashtirish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.